Toshkentda issiq suv va markaziy isitish xizmati narxi oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBatareya v podyezde jilogo doma
Batareya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 8-dekabrdan issiq suv va markaziy isitish xizmati narxi 10 %ga oshirildi.  

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkentda 8-dekabrdan boshlab issiq suv va markaziy isitish xizmati narxi oshiriladi, deb xabar qilmoqda “Toshissikkuvvati” DUK matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, narxlar oshirilishi energiya manbaalarining va materiallar narxi oshishi bilan bog‘liq. Yangi tariflar quyidagi miqdorda belgilangan:

  • Markaziy isitish xizmati narxi – oyiga 1610,99 so‘m/m2
  • Issiq suv ta’minoti – 4765,20 so‘m/m3, hisoblash uskunalari bo‘lmagan hollarda – 18609,24 so‘m/odam boshiga.   
  • Tashkilotlar uchun  issiqlik energiyasi narxi 124 560 so‘m/Gkal QQS siz va 149472,00 so‘m/Gkal QQS bilan. 

Eslatib o‘tamiz, markaziy isitish xizmati narxi bugungi kunda 1464 so‘m, issiq suv ta’minoti narxi 4332 so‘mni tashkil qiladi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki – narxlar 10 %ga oshirilgan.

Narxlar oshishi tafsilotlari va yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar bilan batafsil “Toshissikkuvvati” DUK sahifasida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0