O‘zbekistonning besh viloyatida zamonaviy bojxona terminallari quriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi na territorii terminala
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Bojxona ma’murchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Murodjon Azimov - Predsedatel GTK  - Sputnik O‘zbekiston
Xavfni boshqarish tizimini yaratdik - bojxona qo‘mitasi raisi

Farmonga ko‘ra:

- 2019–2020 yillarda “Yallama” va “S.Najimov” (Toshkent viloyati), “Do‘stlik” (Andijon viloyati), “Olot” (Buxoro viloyati);

- 2020–2021 yillarda “Dout-ota” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), “Madaniyat” (Andijon viloyati), “O‘zbekiston” (Farg‘ona viloyati), “G‘ishtko‘prik” va “Oybek” (Toshkent viloyati) bojxona postlari hududlariga tutash joylarda zamonaviy bojxona terminallari, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik  asosida quriladi.

“Yagona darcha” tamoyili asosida bojxona, bank, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish bojxona terminallaridagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy funksiyalari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0