TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Italiyalik mashhur kinorejissor, produser, dramaturg va shoir Bernardo Bertoluchchi, 77 yoshida, Rimda uzoq xastalikdan keyin vafot etdi, Repubblica nashri xabariga asosan.
Bernando Bertoluchchi - “Konformchi” (1970), “Parijdagi so‘nggi tango” (1972), “Yigirmanchi asr” (1976), “So‘nggi imperator” (1987), “Kichik Budda” (1993), “Xayolparastlar” (2003) kabi kino durdonalari rejissoridir.
Bertoluchchi rejissor sifatida ko‘plab obro‘li mukofotlar sovrindori bo‘lgan. 1987-yilda “Oskar”, 1988-yilda “Oltin globus”, 1989-yilda BAFTA mukofotlari sovrindori bo‘lgan. Shuningdek, u 1970-yilda Berlin xalqaro kinofestivali, 1997, 2007-yillarda Venetsiya kinofestivali mukofotlari bilan taqdirlangan.
2011 yil Bertoluchchi Kann kinofestivalining faxriy mukofoti bilan taqdirlangan. 2013-yil Golluvuddagi Shon-shuhrat xiyobonida uning nomidagi yulduz paydo bo‘lgan. 2014-yil Bernardo Bertoluchchi inson huquqi borasidagi hissasi uchun Jahon mukofotiga savozor deb topilgan.