Buxoroda turizmni o‘rganish ta’lim markazi ochildi

© TRDQV Buxare otkrilsya sentr izucheniya turizma
V Buxare otkrilsya sentr izucheniya turizma  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyaning Vakayama universiteti Buxoroda turizm bo‘yicha kadrlar tayyorlashga yordam beradi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. 21-noyabr kuni Buxoro Davlat universitetida “BuxDU-Vakayama turizmini o‘rganish ta’lim markazi” ochildi  deb xabar qilmoqda, Davlat Turizm qo‘mitasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Markaz Yaponiyaning Vakayama universiteti,  “El-yurt umidi” fondi va O‘zbekiston-Yaponiya markazi hamkorligida ochilgan.

© TRDQV Buxare otkrilsya sentr izucheniya turizma
Buxoroda turizmni o‘rganish ta’lim markazi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Buxare otkrilsya sentr izucheniya turizma

Yaponiyaning Vakayama universiteti Jahon Turizm tashkilotining TedQual sertifikatiga ega bo‘lib, u turizm bo‘yicha baklavriat tashkil qilish huquqiga ega. Yaponiyada ushbu universitet qoshida “Turizmni o‘rganish markazi” faoliyat yuritmoqda. Oldin ushbu markazdan bir necha o‘qituvchilar BuxDUga kelib leksiyalar o‘qigan edi.

Buxoroda tashkil qilinayotgan turizmini o‘rganish ta’lim markazining asosiy vazifasi – turizm sohasida izlanishlar olib borish, yangi o‘quv adabiyotini yaratish, ilmiy-metodik yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar va magistratura va bakalavriat bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkil qilish turadi.

Markaz auditoriyalari eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, yaqin orada O‘zbekiston va Yaponiya mutaxassislari yordamida 10 ta o‘quv kitoblari va metodik qo‘llanmalar chop etiladi. Vakayama universiteti turizm yo‘nalishi o‘quv dasturi asosida BuxDUda turizm yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi tayyorlanadi. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab ushbu dastur bo‘yicha talablarni qabul qilish boshlanadi.

© TRDQV Buxare otkrilsya sentr izucheniya turizma
Buxoroda turizmni o‘rganish ta’lim markazi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
V Buxare otkrilsya sentr izucheniya turizma

“El-yurt umidi” fondi va O‘zbekiston-Yaponiya markazi “BuxDU-Vakayama” turizmni o‘rganish markaziga Yaponiyadan o‘qituvchilarni taklif qilishga, Buxoro Davlat universiteti o‘qituvchilarini Yaponiyaga stajirovkaga yuborishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0