TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Pekindan Toshkentga uchgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi, deb xabar qilmoqda China-Uzbekistan telegrma kanali.
"24 noyabr kuni Pekin-Toshkent yo‘nalishida havoga ko‘tarilgan CZ6027 sonli parvozda samolyotda chaqaloq dunyoga kelganligi sababli, samolyot Pekin aeroportiga qaytib qo‘ndi. Ona va bola salomatligi yaxshi”, - deyilgan xabarda.
Chaqaloqning onasi Nargiza Qosimova ismli o‘zbekistonlik ayol. Ushbu farzand u kishining beshinchi farzandi. Chaqaloq 7 oylik muddatda dunyoga kelgan. Ayni damda ular Pekindagi Hemujia shifoxonasida.
Daryo.uz sayti xabariga ko‘ra, ushbu samolyot bortida toshkentlik akusher-ginekologlar, tibbiyot fanlari doktorlari Gulsara Yeshimbetova va Rahmatilla Niyozmetovlar bo‘lgan va aynan ular chaqaloqni dunyoga keltirishda ko‘maklashishgan.