Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazish nizomi tasdiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Kemerovo
Goroda Rossii. Kemerovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish nizomi tasdiqlandi.

TOShKENT, 25 noya - Sputnik. O‘zbekistonda davlat ekolgik ekspertizasini o‘tkazish nizomi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirliginging Huquqiy axborot telegram kanali.

“Nizomga muvofiq, ekologik ekspertiza atrof tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik hamda boshqa faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi”, - deyilgan xabarda.

Davlati ekologik ekspertizasi quyidagilar obyektlarda o‘tkaziladi:

  • yuqori va o‘rtacha darajada xavfli toifaga kiradigan faoliyat turlari bo‘yicha maxsus huquqiy rejimga ega obyektlar;
  • texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
  • aholisi soni 50 ming kishidan ortiq bo‘lgan obyektlarning shaharsozlik hujjatlari.

Davlat ekologik ekspertizasini uchun to‘lov eng kam ish haqqining 0,5 baravaridan 25 baravari miqdorida bo‘lib, u ekspertiza o‘tkazilayotgan obyekt xavfi hamda joylashgan hudud aholi soniga qarab belgilanadi. Ekspertiza uchun to‘lov ariza berilganidan so‘ng 90 kun ichida amalga oshirilishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonunlarida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish majburiyligi, uning obyektlari belgilanib, ekspertiza ijobiy xulosasi bo‘lmagan loyihalarni amalga oshirish ta’qiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0