TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vakillari Xitoyning Shanxay shahrida 5-10 noyabrda o‘tkazilgan xalqaro “China International Import Expo 2018” ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususan qandolat mahsulotlari, quritilgan mevalar, tayyor tekstil mahsulotlar, shuningdek alkogol mahsulotlari namoyish qilindi.
Sian shahrida jamg‘arma va “Shansi” erkin savdo zonasi ma’muriyati o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Xitoy savdo zonasi ma’muriyati tomonidan jamg‘armaga beg‘araz 500 kv metr ko‘rgazma maydonda “show room” uchun joy ajratildi.
Hozirgi vaqtda “show room" qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda va 30-noyabrga qadar ko‘rgazma maydonida milliy va eksport mahsulotlari bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.