XMT vakili O‘zbekistondagi norasmiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha fikr bildirdi

© © Sputnik / Amir IsayevDvorniki na ulitse v Dushanbe, arxivnoe foto
Dvorniki na ulitse v Dushanbe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekistonda norasmiy bandlik sektori rasmiylashtirilishi - sohada patent tizimi joriy etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 24 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Norasmiy mehnatga qarshi kurash asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi lozim, chunki bir kunda "biz ertaga norasmiy sektorni "soya"dan chiqaramiz", deya e’lon qilishning umuman iloji ham yo‘q, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola.

"Odamlar qoidalardan xabardor bo‘lishmasa, qoidalarga bo‘ysunmaydigan kasblar mavjud bo‘lsa - biz ertaga bandlikning barcha turini rasmiylashtiramiz, deb bo‘lmaydi. Shu bois, bu ishni amalga oshirishdan avval, norasmiy bandlik sektorini yaxshilab o‘rganish, uning shakllari, dinamikasi, ayniqsa ijobiy dinamikasi haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish lozim. Sababi, noformal sektorning muammolari bilan birga ijobiy dinamikasi ham mavjud, bandlikning bu turi yomon, deb o‘ylamaslik kerak", - dedi u.

XMT vakilining ta’kidiga ko‘ra, bu sektorda biror bir o‘zgarishni amalga oshirishdan oldin, sektorda band bo‘lgan insonlarni qay tarzda himoya qilish, masalan ularning minimal ijtimoiy himoyasi, sog‘lig‘i muhofazasini qay tarzda tashkillashtirish haqida o‘ylab ko‘rish lozim.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKari Topiola, Spetsialniy sovetnik Generalnogo direktora Mejdunarodnoy organizatsii truda
XMT vakili O‘zbekistondagi norasmiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha fikr bildirdi - Sputnik O‘zbekiston
Kari Topiola, Spetsialniy sovetnik Generalnogo direktora Mejdunarodnoy organizatsii truda

"Maqsad - noformal sektorni normallashtirish bo‘lishi kerak. Lekin bu ishga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashgan ma’qul. Men aytgan bo‘lardimki, ushbu sektorda band bo‘lgan odamlarning o‘zlari shu jarayonga jalb etilishi kerak, deb. Yana bir bor takrorlayman, norasmiy sektorni isloh qilish, eng avvalo, shu sektorda band bo‘lganlarni o‘zlarini himoya qilishga o‘rgatish va mehnatning bu turini to‘g‘ri tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim", - deb ta’kidladi Tapiola.

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda norasmiy bandlik sohasida band bo‘lganlarning soni umumiy ishlovchilar sonining 56%ini tashkil etadi. 

Ilgariroq, O‘zbekistonda norasmiy mehnatning eng keng tarqalgan - kirakashlik, mardikorchilik, uy xizmatlari singari turlari patentlashtirilishi haqida xabarlar tarqalgan, ammo sal o‘tmay, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bu xabarlarni rasman rad etgan hamda bunday turdagi patentni olish (agar shunday qaror qabul qilinsa) faqatgina ixtiyoriy holda amalga oshirilgan bo‘lar edi, deya bayonot e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0