O‘zbekistonda noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Depututlar xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqishdi.

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 22-noyabr kuni valyutani qonunga xilof ravishda o‘tkazish uchun jazoni kuchaytirishni muhokama qilishdi, deb xabar qildi palata matbuot xizmati.

Yaqin kunlarda chet el valyutasini belgilanmagan joylarda, qora bozorda yoki norasmiy kurs bo‘yicha sotish uchun jarima oshirilishi va ma’muriy javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.

“Qayd etilishicha, mamlakatimizda chet el valyutasini ayirboshlash erkinlashtirilgandan buyon sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramay, xorijiy valyutaning qonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar keskin oshib bormoqda”, - deyilgan hujjatda.

Kupuri yevro raznogo nominala - Sputnik O‘zbekiston
Dollar va yevro ko‘tarildi – O‘zbekiston yangi valyuta kurslari

Bundan tashqari, deputatlar xalqaro shartnomalari to‘g‘risida, jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgaritish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘rib chiqishdi.

Sentabr oyida O‘zbekistonda ilk bor chet el valyutasini ayirboshlash erkinlashtirilgandi. Fuqarolar endi cheklovsiz chet el valyutasini sotishlari va sotib olishlari mumkin, jumladan eng ommabop dollar va yevroni. Shuningdek, xorijiy valyutasi bilan ish, xizmat, kreditlar va hattoki xizmat safari harajatlarini to‘lash mumkin.

Yangiliklar lentasi
0