TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChBK) kotibiyati ijrochi direktori Habib Mirzozoda sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishdi, deb xabar qildi Qozog‘iston TIV matbuot xizmati.
“Tomonlar 2019-yilda Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi – OHIChBK davlat rahbarlarining beshinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish hamda forum kotibiyatini sifatli doimiy mustahkamlash va keyingi institutsional rivojlanish masalalarini muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
2018 yil sentabrda BMT bosh assambmleyasining 73-sessiyasi doirasida OHIChBKga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, unda forumda 2018-2020 yillarda raislik qilish Xitoydan Tojikistonga o‘tgandi. OHIChBK 1992-yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi 2014-yildan Ostona shahrida joylashgan. Bugungi kunda tashkilotga 27 davlat, jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston. Afg‘oniston, Rossiya, Isroil.