Usmonali Usmonzoda ikki davlat o‘rtasida energetik sektor bo‘yicha ulkan muvaffaqqiyatlarga erishilganini qayd etdi.
“Biz ilk bor uzoq muddatdan keyin O‘zbekiston energiya tizimi bilan ishni qayta tikladik. Biz aprel oyidan boshlab sentabr oyining o‘rtasigacha O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatiga bir yarim milliard kilovatt-soat hajmida elektr energiyasini eksport qildik ”, - dedi u Sputnik Tojikiston radio efirida.
Usmonzoda ko‘rilgan qator choralar tufayli O‘zbekistonning butun Surxondaryo viloyatini yoz mavsumida arzon bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki sent narxda ta’minlashga imkon berganiga e’tiborini qaratdi.
“O‘zbekiston va Qozog‘istonni suv bilan ta’minlash - biz uchun juda muhim bo‘lgan masala. Biz Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston mutaxassislari tomonidan imzolangan jadval bo‘yicha suv yetkazib berish uchun Tojikiston shimolidagi Qayroqum GES rezervuarini to‘liq ishlatdik”, - deb qo‘shimcha qildi vazir.
To‘liq suhbatni quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.