TOShKENT, 22 noya – Sputnik. KFC xalqaro tarmog‘i O‘zbekistonda 25 tadan ortiq restoran ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda brendning Toshkentdagi ochilish marosimida xabar berildi.
Spot.uz bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilgacha Rossiyada va MDH mamlakatlarida 1000 ta restoran ochishni maqsad qilib qo‘ydi.
KFCning Rossiya va MDH bosh direktori Raisa Polyakova so‘zlariga ko‘ra, KFC restoranlari Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi va boshqa viloyatlarda ham ochiladi.
Shuningdek, tarmoq turli xil restoran formatlari, jumladan Drive (avtomobilchilarga xizmat ko‘rsatish) va Fusion (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalari mavjud restoran) xizmatlarini rivojlantirishni rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 12-sentabr kuni birinchi KFC restorani ochilgan edi.