Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan yolg‘on va vahimalarga ishonmang - IIBB

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Siz fake-news, ya’ni  yolg‘on xabar nima ekanini bilasizmi, deb boshlangan IIBB saytida e’lon qilingan context.uz xabarida.

Bunday yolg‘on xabarlar mualliflari sizning diqqat e’tiboringizni o‘ziga jalb qilish hayajoningizni qozonish va vaqtingizni yolg‘on muammoni muhokama qilish va uni o‘z tanishlarningiz orasida tarqatishni – o‘zlariga maqsad qilib olgan.

"Mana bu ko‘rib turgan xabaringiz – aynan shunday xabarlardan. Agar menga shunaqa xabar jo‘natishsa men uni darhol IIBBga yo‘llayman. Ularning matbuot xizmati juda yaxshi ishlaydi”, - deb yozadi maqola muallifi.

© IIBBPrimer lojnoy novosti
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan yolg‘on va vahimalarga ishonmang - IIBB - Sputnik O‘zbekiston
Primer lojnoy novosti

IIBB xabariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda yuqoridagi xabarda ko‘rsatilgan Uchtepa tuman IIBBiga hech kim murojaat qilmagan. Ya’ni “men hozir IIBga ketayapman” deb yozgan ushbu xabar muallifi aslida hech qayerga bormagan.

Ushbu xabar faqat bir maqsad yo‘lida – ijtimoiy tarmoqlardagi biror sahifani targ‘ib qilish, ko‘p sonli izohlar hisobidan sayt reytingini oshirishga qaratilgan bo‘lgan. Balkim, yoshbu yolg‘on xabar muallifi ishonuvchan odamlar ustidan kulmoqchi bo‘lgandir.

Ana shunday yolg‘on, vahimali xabarlardan saqlanish uchun quyidagilarga amal qiling:

  1.  Har qanday ma’lumotni qayta-qayta tekshiring
  2. Notanish odamlar chop etgan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmang
  3. Yordam so‘rash maqsadida biror telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lsa unga telefon qilib rostdan ham yordam kerakmi yo‘qmi - aniqlang
  4. Agar yo‘qolib qolgan bola haqida ma’lumot rasmi bilan berilgan bo‘lsa uni Yandeks yoki Gugl orqali tekshiring
  5. Agar yordam puli yig‘ish maqsadida bank kartasi nomeri ko‘rsatilgan bo‘lsa uni ham Yandeks yoki Gugl orqali tekshiring.
  6. Keltirilgan har qanday matnni – antiplagiat onlayn xizmatlari orqali tekshiring. Masalan Advego.ru yoki Text.ru saytlari orqali. U yerda siz aynan ushbu matn oldin biror saytlarda ishlatilganmi yo‘qmi bilib olishingiz mumkin.
  7. Post muallifiga aniq savollar bering, kimga murojaat qilishgani, qanday natija bo‘lgani  haqida. Agar ular o‘ylab-o‘ylab, noaniq javob qaytarsa – demak bu yolg‘on xabar bo‘lishi ehtimoli katta.

Qisqasi biror muammoning qaynoq muhokamasiga qo‘shilishdan oldin – uning haqiqatligini tekshirib ko‘ring! 

Yangiliklar lentasi
0