Disney studiyasining eng “xunuk” multfilmi e’lon qilindi

© Foto: Walt Disney PicturesKadr iz multfilma "Siplenok Sipa"
Kadr iz multfilma Siplenok Sipa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahshur Walt Disney studiyasining eng yaxshi va eng yomon multfilmlari reytingi e’lon qilindi.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Collider portali Disney studiyasining 57 ta to‘liq metrajli mulfilmlarining reytingini tuzdi. Quyida ushbu reyting nimalar asosida tuzilganini bilib olish mumkin. 

Disney studiyasining eng yomon multfilmi 2005-yilda namoyish etilgan “Jo‘jacha” (Chicken Little) deb topildi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, tomoshabinlar bu multfilmni tezda unutib yuborishgan. Bunga multfilmning darhaqiqat yomon ishlangani sabab bo‘lgan.

Multikni suratga olishga 150 million dollar sarflangan, ammo AQShdagi namoyishi atiga 135 million dollar jamlay olgan xolos. Natijada maqola mualliflari ushbu multfilmni “Disney studiyasining eng xunuk loyihasi” deb atashgan.

Shu bilan birga 1940-yilda suratga olingan "Pinokkio" multfilmi eng yaxshi asar sifatida tan olingan. Ushbu multfilmni “oddiy va axloq-odobga o‘rgatuvchi, lekin xotirada uzoq muddat saqlanuvchi buyuk ertak” deb atashgan.

Bundan tashqari, “Pinokkio” ikkita “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk multfilm bo‘ladi. Ikkkinchi o‘rindan 1959-yilda surtga olingan “Uyqudagi go‘zal” o‘rin olgan. Uchinchi o‘rinni 1940-yilda suratga olingan “Uolt Disneyning durdonasi va asosiy filmi” “Fantaziya” multfilmi egalladi.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka dunyoda barcha sevib tomosha qiluvchi “Bembi”, “Go‘zal va Mahluq", “Dambo”, “Qirol Sher”, “Piter Pen”, “Moana” va "Oppoqoy va yetti gnom"multfilmlari kirgan.

Yangiliklar lentasi
0