TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Kuvaytni mag‘lub etib, “Dubai cup" xalqaro musobaqasining g‘olibiga aylandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-noyabr kuni Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishgan edi. Keyin musobaqasining ikkinchi turida BAA jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "Dubai cup" musobaqasining so‘nggi turida Kuvaytga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yagona gol 27 daqiqada Mirjahon Mirahmadov tomonidan kiritilgan.
Mazkur g‘alaba vakillarimizga guruhda birinchi o‘rinni egallash imkonini bergan.
Uchta o‘yin natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallagan va turnir g‘olibiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 22-26 mart kunlari Toshkentda Osiyo-2020 chempionatining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston, Tojikiston va Pokiston jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.