Tojikistonda sayyohlarga hujum qilgan terrorchiga umrbod qamoq jazosi berildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudda Huseyn Abdusamadov o‘z aybiga iqror bo‘lgan, lekin qilgan ishidan pushaymon bo‘lmagan.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Tojikistonning Xatlon viloyatida xorijlik sayyohlarga nisbatan terakt uyushtirgan Huseyn Abdusamadov umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Ministr MVD Tadjikistana Raximzoda Ramazon Xamro - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston IIV rahbari sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilganini tan oldi

Sudda mahkum terakt tashkillashtirish aybiga iqror bo‘lgan, lekin qilgan ishidan pushaymon bo‘lmagan. Uning sheriklari Karomatullo G‘aniyev va Butan Safoyevga 16-yil qamoq jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Tojikistoning Xatlon viloyati Dang‘ara tumani Sebiston jamoati hududida to‘rt nafar chet ellik velosipedchi sayyohlar qurollangan hujum oqibatida halok bo‘lgan edi. Ularning ikki nafari AQSh va biri Niderland va yana biri Shveysariya fuqarosi bo‘lgan. Hujumda yana uch nafar sayyoh jarohatlangan.

Tojikiston hududida amalga oshirilgan ushbu hujum uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" terrorchilik tashkiloti o‘z  zimmasiga olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0