Shavkat Mirziyoyev Tashkent City biznes markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev v Tashkent city
Shavkat Mirziyoyev v Tashkent city - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Tashkent Cityda qurilayotgan obyektlarning har bir detaliga e’tibor berib, ularning dizayni va qulayliklari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishini yana bir bor ko‘zdan kechirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Xabarada aytilishiga ko‘ra, Tashkent City qurilishi, prezidentning avvalgi tashriflari chog‘ida berilgan ko‘rsatmalar asosida, jadal ketmoqda. Bu yerda biznes markazlar, mehmonxonalar, kongress-xol, ofislar, ko‘p qavatli uylar, restoranlar va boshqa obyektlar yettita lotga ajratilgan holda bunyod etilmoqda. 

“Shavkat Mirziyoyev besh yulduzli mehmonxonada quriladigan xonalar, zallar namunalari bilan tanishib, ularning har bir detaliga e’tibor qaratdi va dizayni hamda qulayliklari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xonalar yorug‘ va bahavo bo‘lishi, ularni bezashda odamlarning kayfiyatini ko‘taradigan, ochiq ranglardan foydalanish kerakligini ta’kidladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek prezident oliy darajadagi uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar o‘tkazish uchun qurilayotgan kongress xollni xalqaro standartlar asosida yirik delegatsiyalarni qabul qilish uchun zarur qulayliklar bilan yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0