O‘zbekistonlik yo‘lovchilarga Rossiyaga meva va sabzavot olib kelish taqiqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishGorojane vo vremya prazdnovaniya Dnya sadovoda
Gorojane vo vremya prazdnovaniya Dnya sadovoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taqiqni Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati tasdiqladi. Cheklov vaqtinchalik xususiyatga ega.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Rossiya O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar uchun bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini olib kelishlariga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Predpriyatie Samrin Trade po proizvodstvu suxofruktov v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Saratovga 20 tonna O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar kiritilmadi

Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati O‘zbekiston tomoniga taqiqni rasman tasdiqlagan.

"O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida Rossiya Federatsiyasi uchun karantin ostidagi mahsulotlarda karantin obyektlari muntazam tarzda aniqlanayotgani munosabati bilan, Konvensiyaning VII moddasi 1a bandiga tayangan holda 2012-yil 16-apreldan e’tiboran "Rosselxoznadzor" tomonidan O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga olib kelishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgan", - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0