O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 716,4 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-oktabr holatiga 25 494,5 million AQSh dollari).

TOShKENT, 21 noya – Sputnik.  Markaziy bank 2018-yil 1-noyabr holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Kupuri yevro raznogo nominala - Sputnik O‘zbekiston
Dollar va yevro ko‘tarildi – O‘zbekiston yangi valyuta kurslari

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 26 494,1 million AQSh dollari (2018 yil 1-oktabr holatiga 26 407,3 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 86,8 million AQSh dollariga ko‘paydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 11 846,1 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 648,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 716,4 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-oktabr holatiga 25 494,5 million AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida  zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0