BMT O‘zbekiston mintaqaviy siyosatini dunyo standarti deb atadi

© AFP 2023 / HAZEM BADERFlag OON
Flag OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maykl Moller O‘zbekiston hududiy siyosatini qo‘llab-quvvatladi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Maykl Moller Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Natalya German, spetsialniy predstavitel Genseka OON i rukovoditel Regionalnogo sentra OON po preventivnoy diplomatii dlya SA - Sputnik O‘zbekiston
Ayollarning davlat boshqaruvida faol ishtirokini ko‘rish quvonarli holdir - BMT maxsus vakili

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov  va BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Maykl Moller O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda  amalga oshirayotgan tashqi siyosati jihatlarini muhokama qilishdi.

BMT vakili O‘zbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qaratayotgan alohida e’tiborini qullab-quvvatlashini bildirgan. 

“Zamonaviy dunyoda intilish kerak bo‘lgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana shudir”, – deyilgan xabarda.

Uchrashuv davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqilgan. BMT vakili 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0