Toshkent hokimiyati Chimkent va Chimongacha pulli yo‘llar qurmoqchi

© Sputnik / Etvesh StasPlatnaya doroga Dushanbe – Chanak v Tadjikistane
Platnaya doroga Dushanbe – Chanak v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning to‘rt kollejida xitoylik mutaxassislar yordamida quruvchilar tayyorlanishi mumkin.

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Kecha Toshkent shahar hokimiyatida Xitoyning “Shina Railway 14th Bureau Group So.LTd” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkentda 2 yo‘nalish bo‘yicha pullik avtomobil yo‘llari qurish masalasi muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati. 

Xususan, Toshkent shahar hokimiyati tashabbusi bilan “Toshkent – Chimkent” (chegara postigacha) va “Toshkent – Chimon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari qurish masalasi muhokama qilingan.

Undan tashqari uchrashuvda qurilish sohasida Xitoy metodikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimiyati xitoylik mutaxassislar yordamida quruvchilar tayyorlash uchun shahardagi to‘rtta professional kollej – bazaviy o‘qish maydoni sifatida tanlab olindi.

Yangiliklar lentasi
0