Fransiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etildi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishEyfeleva bashnya
Eyfeleva bashnya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga qadar 9 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelish huquqiga ega edilar.

TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirlining "Huquqiy axborot" telegram kanali. 

"Farmonga muvofiq endilikda Fransiya fuqarolari O‘zbekiston hududiga tegishli vizani rasmiylashtirmasdan 30 kungacha kirishlari mumkin", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda, davlatlararo kelishuvga asosan, barcha MDH davlatlari fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishlari mumkin. Undan tashqari Turkiya, Indoneziya, Yaponiya, Janubiy Koreya davlatlari fuqarolari 30 kungacha vizasiz tartibda O‘zbekistonga kelishlari mumkin.   

Yangiliklar lentasi
0