Rossiyada “kolbasa solig‘i” kiritilishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota sotsialnogo rinka "Blijniy" vo Vladivostoke
Rabota sotsialnogo rinka Blijniy vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kolbasa va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlariga soliq kiritilishi oqibatida ularning narxi 30 %ga oshishi mumkin.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Rossiya Hukumati huzuridagi ekspertlar kengashi mamlakatda kolbasa mahsulotlariga qo‘shimcha soliq kiritishni taklif qilmoqda, deb yozadi Izvestiya nashri.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari tarkibida kansirogen moddalar juda ko‘p bo‘lib, ular saraton kasalligi kelib chiqish ehtimolini oshiradi. Statistikaga ko‘ra, qayta ishlangan qizil go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida dunyoda har yili 2,4 milliona kishi vafot etar ekan.

Ekspertlar kengashi fikriga ko‘ra, ushbu chora rossiyaliklarning sog‘lig‘ini yaxshilashga, umrini uzaytirishga hamda sog‘lom oziq-ovqat mahslotlarining arzonlashishiga olib kelishi kerak.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlagan va kolbasa ishlab chiqaruvchilaridan yig‘ib olingan mablag‘lar aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga yo‘naltirilishini xabar qilgan.

Kolbasa mahsulotlariga kiritiladigan qo‘shimcha  aksiz solig‘i 1 kilogrammdan 160 rubl miqdorida belgilanishi mumkin. Xaridorlar uchun , bu kolbasa narxi o‘rtacha 30 %ga oshadi degani.

Yangiliklar lentasi
0