AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishZdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone.
Zdanie Kongressa SShA (Kapitoliy) v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya tarkibidan Vakillar palatasi muhim qo‘mitalarining respublikachi va demokrat a’zolari o‘rin olgan.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishini muhokama qilishdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati. 

Biroz oldin AQSh parlamentida “O‘zbekiston bo‘yicha kokus” tashkil qilingani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.  Bugun ushbu "kokus”ning hamraislari Trent Kelli va Vitsente Gonsaliz delegatsiya rahbarlari sifatida O‘zbekistonga kelishdi. Delegatsiya tarkibidan shuningdek Vakillar palatasi muhim qo‘mitalarining respublikachi va demokrat a’zolari o‘rin olgan.

Voyennie SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ishtirokidagi urushlarda qancha odam halok bo‘lgani hisoblab chiqildi

Kokus – bu partiya a’zolarining yig‘ilishi. O‘zbekiston-Amerika munosatlari tarixidagi ilk bor “O‘zbekiston bo‘ylab kokus” joriy yilning avgust oyida vakillar partiyasida qayd qilingan edi. Yiliga ikki marta majlis o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Birinchi uchrashuv 2019-yil yanvar oyi boshida bo‘lib o‘tadi.

“Uchrashuvda o‘zbekistonlik va amerikalik parlamentariylar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi izchil rivojlanayotgan hamkorlikning ijobiy jarayonlarni qonuniy mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15-17 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShda rasmiy tashrif doirasida bo‘lgan edi. Davlat rahbari, xususan, prezident Donald Tramp bilan uchrashgan edi. Ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonot, ta’lim va madaniyat sohasida bayonnoma imzolashgan hamda muhim masalalarni muhokama qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0