TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasining xabarida aytilishiga ko‘ra, Malika savdo majmuasidagi o‘tkazilgan tekshiruvda 205ta do‘kondan 13
Xabarda aytilishiga ko‘ra, tadbirkorlik qilish huquqi bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjat va sifat sertifikatisiz, umumiy qiymati qariyb 308 mln. so‘mlik maishiy texnika vositalari, uyali aloqa telefonlari va aksessuarlar masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar - vaqtinchalik olib qo‘yilgan.
“Ushbu huquqbuzarlar kamchiliklarni bartaraf etsa, ya’ni 1 oylik muddat davomida o‘z faoliyatini qonuniy asosda yo‘lga qo‘ysa, ular uchun hech qanday jarimalar qo‘llanilmagan holda, olib qo‘yilgan tovarlari qaytarib berilishi sud orqali hal etiladi. Bu borada tegishli ishlar boshlab yuborilgan”, - deyilgan xabarda.
Tovarlarni vaqtincha olib qo‘yish yuzasidan barcha barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan. Jumladan, tovarni olish dalolatnomasi (unda aniq ro‘yxat keltirilgan), uning nusxasi huquqbuzarga taqdim etilgan.
Savdodan olingan tovarlar saqlash uchun maxsus do‘konlarga topshirilib, ularning butligini ta’minlash bo‘yicha aniq mas’ul shaxslarga javobgarlik yuklatildi.
Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyatini qonun doirasida olib borayotgan va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan tadbirkorlarga hech qanday to‘siq bo‘lmasligini, faoliyati ortiqcha tekshirilmasligini yana bir bor eslatib o‘tadi