O‘zbekistonda nikoh yoshi oshirilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekistonda nikoh yoshini kattalashtirishni tavsiya qildi .

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Kelajakda O‘zbekistonda nikoh yoshi qizlar va yigitlar uchun - 18 yosh deb belgilanishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatovaning O‘zAga xabar qildi.

"O‘zbekistonda oilalarning buzilishining birlamchi sababi moddiy qiyinchiliklar emas - oiladagi tarbiya va ikki yoshning axloqidir. Shuningdek, erta turmushning salbiy oqibatlari targ‘ib etilishiga qaramay, ba’zi viloyatlarda qizlar 16 yoshdan turmushga berilmoqda", - deydi Mukarram Nurmatova. 

Ushbu munosabat bilan, O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi, nikoh yoshini kattalashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan. Qo‘mita nikoh qurish uchun ruxsat etilgan eng kichik yosh yigit va qizlar uchun birdek, 18 etib belgilanishi taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 etib belgilangan. Statistika bo‘yicha O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq oilalar mavjud, aholining 98 %dan ortig‘i oilalarda istiqomat qiladi.  

Yangiliklar lentasi
0