Afg‘on chegarasida O‘zbekiston qanday himoyalangan – Ruslan Mirzayev terrorizm tahdidi haqida

© Sputnik . Taalay OroskulovKomanduyushiy pogranichnimi voyskami SGB Uzbekistana general-mayor Ruslan Mirzayev
Komanduyushiy pogranichnimi voyskami SGB Uzbekistana general-mayor Ruslan Mirzayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat va Markaziy Osiyo davlat chegara xizmatlari hamkorlik qilish masalasi haqida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi kunda professional komanda shakllangan, biz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat va muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Biz har qanday muammoli masalalarga tayyormiz”, - deb ta’kidladi Mirzayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari muvofiqlashgan holda chegara tahdidlariga qarshi turishi va zarur tadbirlarni bajarishi mumkin.

“Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida tahdidlarga qarshi barcha resurslarga ega, va eng  asosiysi, kurashish uchun irodasi bor” – deb xulosa qildi general-mayor.

To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston  radiopodkastida tinglashingiz mumkin.

General-mayor Mirzayev o situatsii na afganskoy granitse

Eslatib o‘tamiz, shu haftaning o‘rtasida MDH davlatlari - Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston chegara qo‘shinlari qo‘mondonlarining Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Harbiylar Hamdo‘stlik, ayniqsa Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlar chegaralarida qiyin vaziyat yuzaga kelganligini ta’kidlashdi. Ushbu mamlakatda davom etayotgan notinchlik va terroristik guruhlarning faollashuvi alohida tashvishga solmoqda.

Yangiliklar lentasi
0