TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Facebookdagi guruhlardan birida qovun saqlanayotgan ombor haqida video joylashtirildi.
Qishga saqlab qo‘yish uchun kuzgi qovunlar uchun maxsus omborga joylashtirilganligi videoga olingan. Qovunlar omborxonada osilgan holatda saqlanayotganini ko‘rish mumkin.
“Haqiqatda qovun, gap yo‘q, buni endi ko‘rishim”, - deya hayron bo‘ladi video muallifi.
Qovun tarkibidagi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar saraton, insult kabi kasalliklarning oldini olish xususiyatiga ega. Shuningdek, qovun S vitaminiga boy bo‘lgan poliz mahsulotidir.
O‘zbekistonda bu lazzatli ne’matning bo‘rikalla, asadi, arkoni, bekzodi, obinovvot, toshloqi, oqnovvot, ko‘kcha, gulobi, qo‘ybosh, umrvoqi kabi navlari bor.