O‘zbekistonda LADA o‘zining barcha modellarini sotuvga qo‘ydi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda LADA kompaniyasi rebreningdan so‘ng yangi avtosalon ochdi.

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Toshkentda LADA kompaniyasi rebreningdan so‘ng yangi avtosalon ochdi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.

Prezentatsiya novoy Lada Granta  na zavode «AvtoVAZ” v Tolyatti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangilangan Lada Granta sotuvga chiqarildi

O‘zbekistonda LADA Granta LADA Vesta Cross avtomobillari taqdim etildi. Yangi ochilgan avtosalon mamlakatda 12-chi avtosalon bo‘ldi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston – kompaniya rivojlanishining eng iqtiqbolli yo‘nalishlardan biri. Shu yil 10 oyida 2,1 ming dona avtomobil sotildi. Eng ko‘p sotilgan mashina - LADA Vesta.

“Shunday qilib, bugun mamlakatda LADAning barcha modellari sotuvga qo‘yildi”, - deyilgan kompaniya saytidagi xabarda.

Noyabr oyi boshida Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Company O‘zbekiston bozoriga kirib kelish niyati borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston avtomashina bozorida uzoq yillar davomida faqat respublikada ishlab chiqarilgan avtomashinalar xavola etilgandi, biroq 2017-yilda Rossiya “AvtoVAZ”ning sotuvlar o‘sishi buni o‘zgartirdi. Bugun Rossiya avtomobil sohasida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0