Muhojirlar Rossiyada o‘zlarining shaxsiy kurash ligasini tashkil qilishadi

© AP Photo / Lefteris PitarakisMaslyanie boi v Tursii
Maslyanie boi v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi turnir Moskvada noyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Unda 8 ta davlat kurashchilari kuch sinashishadi.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Rossiya Migrantlar federatsiyasi FMR Fighting Championship ko‘p millatli professional kurash ligasini tashkil qiladi va birinchi turnirni Moskvada noyabr oyi oxirida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Toshkentda O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan 1-xalqaro kurash turniri o‘tkazildi. - Sputnik O‘zbekiston
Kurash o‘zbek g‘ururi: prezident sovrini uchun xalqaro turnirdan fotoreportaj

Tomoshabinlarni Ozarbayjon, Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Gruziya, Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlari 26 ta kurashchilarining 13 ta jangi kutmoqda.

Kurashchilar 7 ta turli vazn toifasida kuch bellashishadi: 57 kg, 61 kg, 66 kg, 70 kg, 75 kg, 77 kg va 90 kg.

FMR Fighting Championship turniri shahar hukumati, Rossiyadagi milliy diaspora va xorijiy davlat elchixonalari vakillari ko‘magida bo‘lib o‘tadi.

Aralash jang san’ati – MMA (Mixed Martial Arts) - o‘zida yakkakurashlarning ko‘plab texnika, maktab va yo‘nalishlarini mujassamlashtirgan jangovar san’atdir. MMA o‘zida ham yakkakurash zarbalari texnikasini (boks, kikboksing, karate va boshqalar), ham kurash texnikasini (sambo, dzudo, brazilcha djiu-djitsu, klassika va erkin kurash va boshqalar) o‘zida mujassamlashtirgan.

Rossiya Sport vazirligi 2012-yil 26-sentabrda rasman MMAni mustaqil sport turi sifatida tan olgan.

Yangiliklar lentasi
0