TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Nukus shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish uchun mamlakat bo‘ylab tez-tez safar qilib turadi.
Ehtimol, prezident Shavkat Mirziyoyevning safari davomida Qoraqalpog‘istonning madaniy va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolish masalasiga to‘xtalib o‘tiladi, chunki yaqinda hududda 12-asrda barpo etilgan Shamunabi maqbarasi buzib tashlangandi.
Ushbu hodisa respublika aholisining ko‘pchiligi, shu jumladan, tarixchi va arxeologlarning noroziligiga sabab bo‘lgandi