Milliy bank va Credit Suisse 200 million yevrolik bitim imzolashdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyNatsionalniy Bank Uzbekistana
Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish sohasida hamkorlikni nazarda tutadi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Shveysariya Credit Suisse banki o‘rtasida 200 million yevrolik kredit bitimi imzolandi, deb xabar qildi O‘zmilliybank matbuot xizmati. 

Bitimda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan, eksport-kredit agentliklari (EKA) kafolati ostida, davlat kafolati taqdim etmasdan, investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish sohasida hamkorlik nazarda tutilgan.

“Mazkur bitimning asosiy afzalligi Shveysariya, Yevropa, Janubiy Koreya va Xitoydan uskuna hamda texnologiyalar yetkazib berishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatidir”, - deyilgan O‘zmilliybank xabarida.

O‘zmilliybank 1993-yildan boshlab Credit Suisse bilan savdo moliyalashtirilishi va to‘lov amaliyotlari sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Imzolangan hujjat O‘zbekiston banki va Shveysariya o‘rtasida bunday turdagi bitimlarning eng birinchisi hisoblanadi.

Viveska Eksimbanka - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank va AQSh Eksimbanki o‘rtasida hamkorlik tiklandi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston sanoat-qurilish banki Credit Suisse banki bilan yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun 100 million yevrolik kredit bitimini imzolagan edi. Shuningdek, kredit pullari yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Koreya va Yaponidan asbob-uskuna sotib olishga sarflanadi.

Shuningdek, Credit Suisse O‘zbekistonda neftgaz sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etishni rejalashtirgan. Xususan,  Jizzax viloyatidagi Gas Project Development Central Asia AG  va Gazprom nazorat qiluvchi Enter Engineering Pte Ltd ishtiroki bilan yangi neftni qayta ishlab chiqarish majmuasi qurilishi va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab-chiqarish qudratini kengaytirish loyihalarida.

Credit Suisse Group AG Surixda (Shveysariya) joylashgan bo‘lib, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalarga ega hamda 800 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarni boshqaradi.

Yangiliklar lentasi
0