“Chirchiq-Olmaota” yo‘nalishida avtobuslar qatnay boshladi

© Bojxona qo‘mitasiPerviy avtobus Samarkan - Pendjikent
Perviy avtobus Samarkan - Pendjikent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chirchiq va Olmaota shaharlari oraisdagi masofa 818 km bo‘lib, yo‘lga 16,5 soat vaqt sarflanadi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Olmaota (Qozog‘iston) shahri o‘rtasida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati. 

“Mazkur yo‘nalish masofasi 818,0 km. bo‘lib qatnovga 16 soatu 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Ushkunur avtostansiyasigacha – 150 ming so‘m. Ushkunurdan Chirchiqgacha esa – 6 ming tenge qilib belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yil davomida O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar orasida o‘ndan ortiq xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Ular orasida Toshkent-Xo‘jand, Toshkent - Olma-Ota, Toshkent - Chimkent, Samarqand - Panjakent, Andijon - O‘sh, Toshkent - Nijniy Novgorod, Termiz - Dushanbe, Farg‘ona - Xo‘jand, Toshkent - Bishkek, Farg‘ona - O‘sh, Toshkent - Issiq ko‘l va boshqalar bor. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0