O‘zbekiston va Rossiya Jurnalistlar kengashlari hamkorlik bitimini imzolashdi

© SputnikJurnalist pechatayet tekst na vistavke "Mitt" v Moskve
Jurnalist pechatayet tekst na vistavke Mitt v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya Jurnalistlar kengashi orasida hamkorlik haqidagi kelishuv Moskvadagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlar kengashi Rossiya Jurnalistlari kengashi bilan hamkorlik bitimini imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti. Hujjatlarni imzolash marosimi Moskvada Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Jurnalistlar kengashi bir vaqtning o‘zida Janubiy Koreya, Polsha, Kipr, Suriya va Mo‘g‘iliston tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan. Rossiya Jurnalistlar kengashi rahbari Vladmimir Solovyovning so‘zlariga ko‘ra, bitim Rossiya va hujjat imzolashda ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida jurnalistlar almashish va yaqindan hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Vladimir Solovyov ta’kidlaganidek, ushbu bitimlar imzolanishi – halqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun juda muhim qadam.

“Bitimlarni imzolanishi aynan bugun, Rossiya Jurnalistlar kengashi yuz yilligi nishonlanayotgan kunda bo‘lib o‘tayotgani, muhim ramziy ahamiyatga ega”, - deb ta’kidladi Solovyov.

Rossiya jurnalistlar kengashi – Rossiya jurnalistlari manfiatlarini himoya qilish uchun ijodiy nosiyosiy jamiyat birlashma hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0