Tulada so‘kong‘ich muhojir jarimaga tortildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSotrudnik politsii RF.
Sotrudnik politsii RF. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik muhojir avval yo‘lovchilarni, keyin politsiya xodimini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratladi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Tulada politsiya xodimini haqorat qilgan 25 yoshli o‘zbekistonlik jazoga tortildi, deb xabar qildi viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

Migrant iz Uzbekistana Feruza - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi muhojir ayol hayotidan: musofirchilik qiyinchiliklari va vatan sog‘inchi

Xabarda aytilishicha, mast holda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi yo‘lovchilarni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari muhojirni qo‘lga olib, mayda bezorilik holati bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun politsiya bo‘limiga olib kelishgan.

O‘zbekistonlik bo‘limda navbatchi tezkor xodim yordamchisini tahqirlab, nojo‘ya so‘zlarni ishlatib haqorat qiladi.

Sud uni RF JKning 319-moddasida nazarga tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topdi.

Ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, jabrlanuvchidan kechirim so‘radi.

O‘zbekiston fuqarosiga 25 ming rubl miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0