Suv va yong‘in xavfi ostida: Farg‘onada uylarning birida 8-yildan beri tomdan chakki o‘tmoqda

© Foto / Bogdan BubnyakProtekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane
Protekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi pensionerlar mahalliy hokimiyat va pudratchi tashkilotdan uy tomini ta’mirlab berilishini so‘rashmoqda. Shahar hokimiyati bu muammoni hal qilishga va’da berdi, biroq ayrim qiyinchiliklar borligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga Farg‘ona shahri Navoiy ko‘chasi 38-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uy tomini ta’mirlanishi yuzasidan yordam berilishi haqida murojaat yo‘llashdi.

Tomdan chakki o‘tishi bu uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf solmoqda.

© Foto / Bogdan BubnyakProtekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane
Suv va yong‘in xavfi ostida: Farg‘onada uylarning birida 8-yildan beri tomdan chakki o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Protekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane

Fuqarolar murojaatida yozilishicha, 2010-yilda shu ko‘chada joylashgan bir necha uylarda egalar bilan kelishilmagan holda ta’mirlash ishlari bajarilib, texnik jihatdan soz bo‘lgan shiferni plassmassa cherepitsaga almashtirildi. Ehtimol, uning sifati yaroqsiz bo‘lgan. Uy egalari so‘zlariga ko‘ra, deyarli birinchi kunlardan tom ustki qatlamidan chakki o‘tish boshlandi.

2012 yil may oyida odamlar viloyat va shahar hokimiyatlariga tom materialini almashtirish bo‘yicha murojjat qilishadi. Biroq masala ijobiy hal qilinmaydi.

Yordamni kutishdan charchagan uy egalari hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, o‘zlari tom teshiklarini yamashga harakat qilishadi, biroq shikastlangan maydon juda katta.

Yog‘ingarchilik paytida uyning tepa qavatlardagi xonadonlarga tomdan chakka o‘tmoqda. Buning oqibatida nafaqat mol-mulkka ziyon yetkazilmoqda, balki elektr sim tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqishi mumkin.

Uy egalari tom qismidagi ahvoli tasvirga olingan videoni yuborishdi. Unda uy tomidan ko‘p joylarda chakka o‘tayotganligini ko‘rish mumkin.  

“Bu cherepitsa suvdan ho‘l bo‘lgan. U qo‘lda osongina sinib ketadi. Agar u ko‘proq bukilsa qandaydir plastilinga o‘xshab qoladi. Tom mana shunday material o‘rnatilgan”, - deydi 38-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro.

Ayrim qo‘shni uylarda ta’mirlash ishlari bajarilgan. Biroq aynan shu ikki qavatli uyga shirkat tuzilmaganligi sababli rad etib kelingan.

Farg‘ona viloyati hokimiyati matbuot xizmati Sputnik muxbiriga 38-uy masalasi shaharning yangi xokimi Hamidjon Xabibiddinov tomonidan hal qilinishi ma’lum qildi.

“Bu masaladan xabarimiz bor, barcha kerakli hujjatlar to‘plami qo‘limizda mavjud. Hozirgi vaqtda fuqarolar bilan muammoni hal qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Masalaning qiyinchiligi shundan iboratki, shu uyda istiqomat qiluvchilar shirkat tuzishmagan”, - deb ta’kidlandi viloyat hokimiyati matbuot xizmatida.

© Foto / Bogdan BubnyakProtekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane
Suv va yong‘in xavfi ostida: Farg‘onada uylarning birida 8-yildan beri tomdan chakki o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Protekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane

Shuningdek, bir necha yil oldin tom qismida ta’mirlash ishlarini bajargan pudratchi korxona bilan ham muammo mavjud. Korxona rahbariyati almashgan, shuning uchun mas’ul shaxslarni topib bo‘lmayapti.

Yaqinda Farg‘ona shahari hokimi ham almashdi – oktabr oyi yakunida bosh vazir tanqidi ortidan shahar hokimi Shavkat Erkaboyev va boshqa amaldorlar ishdan olingandi.

Sputnik O‘zbekiston ushbu holatni kuzatib boradi.

Yangiliklar lentasi
0