Naqshbandiya ulamolari O‘zbekiston bo‘ylab safar qilmoqda

© http://tashkentnews.uzSufii bratstva Nakshbandiya so vsego mira priyexali v Uzbekistan
Sufii bratstva Nakshbandiya so vsego mira priyexali v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 200ga yaqin so‘fiylikning Naqshbandiya tariqati ulamolari Toshkent, Buxoro va Samarqand bo‘ylab safar qilmoqda.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Naqshbandiya sayyohlik festivali”da ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga butun dunyodan so‘fiylar jamlanishgan, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

"Malayziya, Bangladesh, Xitoy, Fransiya va boshqa davlatlardan kelgan 200 ga yaqin Naqshbandiya tariqatining ulamolari Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasidagi Usmon Mushafi, Buxorodagi Yetti Pir majmuasi, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmualarini ziyorat qilmoqdalar”, - deyilgan xabarda.  

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutaxassislari mehmonlarga amaliy ko‘mak bermoqda, deyilgan xabarda.

Nekropol Baxauddina Nakshbandi. Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor Naqshbandiylar festivali bo‘lib o‘tadi

Malayziyadan joylashgan “Jahon so‘fiylari markazi” ushbu mamlakatda joylashgan O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda 7-12 noyabr kunlari O‘zbekistonda “Naqshbandiya sayyohlik festivali” tashkil qilayotgani haqida oldin xabar bergan edik.  

Eslatib o‘tamiz, Naqshbandiya – bu so‘fiylar tariqati (birodarligi) bo‘lib, u dinda kamtarinlikni, maxfiy zikr va ilohiy muhabbatni targ‘ib qiladi. Tariqatga 14-asrda Buxoroda yashagan Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy nomi berilgan.

Naqshbandiylik ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin" shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh bilan bog‘lagan hodda kasbu hunar va qo‘l mehnatini aslo tark yetmaslik kerak. Xayr-yehson hisobiga faqirona yashash yemas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim.

Yangiliklar lentasi
0