TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Global tadbirkorlik haftaligida O‘zbekistonda barcha yoshlarni ish joyi bilan ta’minlash muammolari haqida aytib berdi.
Vazir so‘zlariga qaraganda, har yili mehnat bozorida 700 ming yosh ishchi kuchlari paydo bo‘ladi va ularning hammasini ish bilan ta’minlashni imkoni yo‘q.
“Bu muammo yechimining yagon yo‘li – bu biznes tashkil qilish. Agar biznes tashkil qilinsa, yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi”, - dedi Kudbiyev.
Eslatib o‘tamiz, bugun e’lon qilingan statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga ishlash maqsadida kirib kelayotgan xorijliklar soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallagani aytilgan edi. Unga ko‘ra 2018-yilning yanvar-sentabr oylari davomida O‘zbekistondan Rossiyaga 1,5 millioni – mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelgan.