Il-114-300 2023-yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka vitse-premyera D. Rogozina v Uzbekistan
Rabochaya poyezdka vitse-premyera D. Rogozina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘liq Rossiya detallaridan ishlab chiqarilgan Il-114 2023-yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Hududiy yo‘nalishlarga yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan Il-114 samolyoti 2023-yildan boshlab xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi, deb xabar qildi “Il” ishlab chiqarish majmuasi vakili Ivan Kabatov, MyTashkent.uz sahifasi xabariga asosan.

Yangi samolyotlar to‘la-to‘kis Rossiyada ishlab chiqarilgan detallardan yig‘iladi va Rossiya dvigateli bilan jihozlanadi. Samolyotning turli, jumladan 62, 60, va 68 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan hamda katta yukxonaga ega bo‘lgaya variatsiyalari bo‘ladi.

Samolet Il-114-100 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" oltita Il-114-100 samolyotini sotuvga qo‘yadi

Ushbu samolyotning asosiy xususiyatlaridan biri – uning har qanday aerodromdan, hatto uchish-qo‘nish yo‘lagi tuproqdan bo‘lgan (gruntoviy) aerodromlarda uchish va qo‘nish imkoniyatiga egaligidadir. Samolyot tezligi soatiga 500 kilometr, parvoz uzoqligi 4700 kilometrni tashkil qiladi. Yana bir xususiyati - samolyotdan eng issiq va eng sovuq hududlarda ham foydalanish mumkin. Umuman Il-114 juda universal mahalliy samolyotdir.

Eslatib o‘tamiz, Il-114 samolyoti Ittifoq davrida yaratilgan bo‘lib, dastlab uni Toshkent aviatsiya zavodida ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi. 1991-yilda TAPOiChda samolyotni ishlab chiqarish uchun barcha kerakli uskunalar o‘rnatilib, dastlabki sinov partiya samolyotlar ishlab chiqilgan edi. 1997-yilda samolyot ekspluatatsiya qilish huquqini beradigan MAK sertifikatini ham olgan edi.

Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi IL-114ning dastlabki xaridorlari sifatida IIV, FVV, Mudofaa vazirligi va FSB aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0