TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Joriy yilning 9-noyabr sanasidan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi "Toshkent - Samara - Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha tariflarni arzonlashtirdi, deb xabar qildi milliy aviakompaniya matbuot xizmati.
Toshkentdan Samaraga qatnovlar haftasiga bir marta – shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Narxlar aviakompaniya saytida ko‘rsatilgan. Masalan, 17-noyabr kuni Toshkentdan Samaraga uchish uchun kamida 1 408 889 so‘m (11 527 rubl) sarflash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 14-dekabr sanasidan boshlab Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, ushbu poyezd Qoraqalpog‘iston hududi orqali harakat qilishi haqida xabar bergandik. Shuningdek, 8-dekabrdan boshlab Toshkent-Qozon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi boshlanishi haqida ham aytib o‘tgan edik.