O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga yetib bordi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida Avstraliyaning Brisben shahriga yetib keldi va o‘quv mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida 11-21 noyabr kunlari o‘quv mashg‘ulot o‘tkazadi. Shuningdek, Livanga qarshi 15-noyabr kuni, Janubiy Koreyaga qarshi esa - 20-noyabr kuni o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

“Bugun, 13-noyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilarimiz Seul - Brisben yo‘nalishi bo‘ylab deyarli 10 soat davom etgan parvozdan so‘ng Avstraliyaga yetib kelishdi” – deyilgan xabarda.

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaNatsionalnaya sbornaya Uzbekistana pod rukovodstvom Ektora Kupera pribila v Brisben
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga yetib bordi - Sputnik O‘zbekiston
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana pod rukovodstvom Ektora Kupera pribila v Brisben

Futbolchilar Gold Kostdagi "Hilton Surfers Paradise" mehmonxonasiga joylashgan. Bugun kechqurun "CBUS Super Stadium" o‘yingohida mashg‘ulot o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper 24 ta futbolchini jamoaga chaqirgan. Ammo uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yig‘inda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmaydi. Bular - terma jamoa sardori, Xitoy "Shanxay SIPG" jamoasida to‘p suruvchi Odil Ahmedov hamda "Paxtakor" futbolchilari Farrux Sayfiyev va Jasur Yaxshiboyev. 

Shuningdek, "Paxtakor"ning yana bir a’zosi Jaloliddin Masharipov diskvalifikatsiya tufayli o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmaydi. Shunga qaramay, Ektor Kuper Masharipovni Avstraliyaga olib ketishga qaror qilgan. Chunki Masharipov rasmiy o‘yinlarda maydonga tusha oladi. Bosh murabbiyning iste’dodli yarim himoyachidan umidi katta bo‘lib, Jaloliddin Masharipov 2019-yil yanvarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida jamoaga yordam berishi uchun murabbiy shunday qarorga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5-yanvardan 1-fevraligacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekisiton terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan maydonga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0