Mirziyoyev va Berdimuhamedov savdo va energetika masalasini muhokama qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Turkmenistana i Uzbekistana - Gurbanguli Berdimuxammedov i Shavkat Mirziyoyev
Prezidenti Turkmenistana i Uzbekistana - Gurbanguli Berdimuxammedov i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Bugun, 13-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Suhbatda davlat rahbarlari keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilganlar. Shuningdek, prezidentlar o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratganlar.

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetik salohiyatni samarali rivojlantirish borasidagi yondashuv va pozitsiyalari mushtarak ekanini qayd etganlar.

 

Yangiliklar lentasi
0