Buxoroda oliy matematika o‘qituvchisi talabalarni urdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishKorporativniy stil
Korporativniy stil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘qituvchi talabalarni galstugi yo‘qligi uchun tarsakilagan.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Bugun Facebookdagi “Ferganskaya dolina” guruhida quyidagi videolavha paydo bo‘ldi.

“Buxoro «Muhandislik instituti»da oliy matematika o‘qituvchisi talabalarni galstugi bo‘lmaganligi uchun o‘quvchilarni kaltakladi”, - deyilgan ushbu videoga qoldirilgan izohda.

Videoni ovoz bilan tomosha qilganda o‘qituvchi “kazol”, “kazol” deb baqirganini eshitish mumkin.  Voqea qachon bo‘lgani noma’lum.

Eng so‘nggi ma’lumot: Buxoro Muhandislik instituti qabulxonasi Sputnik muxbiriga bergan xabariga ko‘ra, ushbu videolavhada tasvirlangan voqea taxminan bir yil oldin sodir bo‘lgan. Ayni damda ushbu matematika o‘qituvchisi institutda ishlamaydi.  

Yangiliklar lentasi
0