Toshkentda Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Joriy yilning 14-16 noyabr kunlari “O‘zekspomarkazda” O‘zbekiston iqtisodiyoti yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentda 14-16 noyabr kunlari “O‘zekspomarkazda” O‘zbekiston iqtisodiyoti yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi hukumat portali. 

Ko‘rgazma mamlakat sanoat kompaniyalari, innovatsion yutuqlarini rivojlashtirishda yordam berishi kutilmoqda. O‘zbekistonning ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati, avtomobil, temir yo‘li va havo-transport infratuzilmalari rivojlanishi bilan tanishish chiqishlari uchun mehmonlar taklif etilgan.

O‘tgan yil tadbirda barcha sifatli va eksportga mo‘ljallangan mamlakatning 220 ta sanoat mahsuloti ishtirok etgandi. Tadbirda 10 mingdan oshiq tovar va avtomobil, yengil, elektrotexnika, kimiyoviy, kon-metallurgiya, mebel sanoati, qurilish sanoat, farmatsevtika sohasi, ta’lim va boshqa soha mahsulotlari namoyish qilingan.

Yangiliklar lentasi
0