TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Samarqanddagi “Shodiyona” savdo majmuasida keksa ayolni masxaralab, boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan yigitlar (B.X. va Sh.A.) qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Facebookdagi sahifasida ma’lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, 2018-yilning may oyi o‘rtalarida jamoat joyi hisoblangan Samarqand shahar “Shodiyona” savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo do‘koni oldida, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan do‘kon oldidan harakatlanib ketayotgan fuqaro B.X. orqa tomonidan kelishib, bosh qismiga chelak kiydirishgach, Sh.A. uni qo‘li bilan bir marta urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketishgani aniqlangan.
Ushbu holat, Sh.A.ning tanishi A.M. tomonidan o‘zining “Samsung” rusumli telefon apparati yordamida video tasvirga olingan va 2018-yil 06-noyabr kuni D.B.tomonidan “Instagram”ijtimoiy internet tarmog‘i orqali tarqatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, 2018-yil 10-noyabr kuni Sh.A., A.M., D.B. va R. larga nisbatan O‘zbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “b” va “d” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, Sh.A. va A. M. ushlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.