TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda Birinchi Jahon urushi yakunlanishining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda Germaniya kansleri bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Uchrashuvda Angela Merkel GFR O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish niyati borligini xabar qilgan.
“Munosabatlarimizning bugungi holati va kelajagi hamda xalqaro va hududiy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston rahbari bilan uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutayapman”, - dedi Angela Merkel.
Germaniya kansleri aytishiga qaraganda, Shavkat Mirziyoyevning bo‘lajak tashrifi ikki mamlakat orasida do‘stlik rishtalarini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi va ikki tomonlama munosabatlarning yangi sahifasini ochadi.
Eslatib o‘tamiz, 7-8 noyabr kunlari Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada bo‘lib, u yerda bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Uchrashuvlar chog‘ida jumladan Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning yanvar oyida Germaniyaga rejalashtirilayotgan tashrifi ham muhokama qilingan edi.