Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyati prokurori etib 1983-yilda tug‘ilgan Ulug‘bek Qosimov tayinlandi.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston prokuraturasi matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018-yil 7-noyabrdagi buyrug‘iga asosan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.

Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Abdulla Aripov  - Sputnik O‘zbekiston
Aripov Surxondaryoda yig‘ilish o‘tkazdi: hokim o‘rinbosari va prokuror lavozimdan ozod etildi

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.  

Xususan, 2011-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabod tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan va ushbu kunga qadar Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va prezident administratsiyasi rahbari Zaylobiddin Nizomiddinov Surxondaryo viloyatiga doir videokonferensiya o‘tkazganini va viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat prokurori va yana bir necha rahbarlar lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0