Shoxjahon Ergashevning shiddatli g‘alabasi

Obuna bo‘lish
Shoxjahon Ergashev Chikagoda amerikalik Zak Remsini bir daqiqa ichida mag‘lub qildi.  

Kecha Chikagoda bok tomoshi qilishga kelgan amerikaliklar biroz xafa bo‘lishdi, desak xato bo‘lmaydi. Kamida yarim soat davomida sakkiz raundli jangni tomosha qilamiz deb o‘ylagan tomoshabinlar nima bo‘lganini ham tushunmay qolishdi.

Ergashev amerikalik Zak Remsini birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq yerga qulatdi. Shundan so‘ng hakam o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, bu Shoxjahon Ergashevning professional boksda 15 jangdan 15-g‘alabasi bo‘ldi. Ulardan 14 tasi nokaut bilan.

Remsi esa professional ringda 13 jang o‘tkazib 8 ta g‘alabaga erishgan. Ulardan 4tasi nokaut bilan. 5 marotaba yutqazgan.

Yangiliklar lentasi
0