Sankt-Peterburgda ulkan gipermarket yonib ketdi

Obuna bo‘lish
Yong‘in maydoni - 4 kvadrat kilometrni tashkil qildi, 100 kishi yong‘indan evakuatsiya qilindi.

Kecha Rossiyaning "shimoliy poytaxti" markazida ulkan gipermarket yonib ketdi. Yong‘in maydoni 4,8 kilometr kvadratni tashkil qildi. 

"Obvodnoy kanal ko‘chasida joylashgan "Lenta" gipermarketida yong‘in ertalab soat 08:30da sodir bo‘lgan. Yong‘in maydoni 4,8 kvadrat kilometrni tashkil qildi. 3,2 kv/km maydonda magazin tomi qulab tushdi. Yong‘indan 100 kishi eson omon qutqarib qolindi. Magazin xodimlaridan bir kishi yengil tan jarohati oldi", - deyilgan xabarda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, magazinda o‘rnatilgan o‘t o‘chirish tizimi o‘z vaqtida, belgilangan tartibda ishlagan. Yong‘indan keltirilgan zarar miqdori aniqlanmagan, magazin qayta quriladi. 

"Lenta" Rossiyaning yirik super va gipermarketlar tarmoqlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda Rossiyaning 80ta shahrida 170 ta gipermarket va 66 ta supermarketga ega. 

Yangiliklar lentasi
0