Parijda Birinchi Jahon urushi yakunining 100-yilligi nishonlanmoqda

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Parijda Birinchi Jahon urushi yakunlanganining 100-yilligi munosabati bilan 70 davlat rahbarlari jamlanishgan.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Bugun Parijda 20 million Yevropa aholisining umriga zomin bo‘lgan Birinchi Jahon urushi yakunining 100-yilligi tantanali nishonlanmoqda. Ushbu maqsadda Fransiya poytaxtiga 70 davlat rahbarlari jamlanishgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu tantanali marosim bo‘lib o‘tayotgan Zafarlar ravoqi (Triumfalnaya arka) yonida Donald Tramp, Angela Merkel, va Melaniya Tramplar bilan ham so‘rashib o‘z joyiga -  Fransiya prezidenti rafiqasining yoniga o‘tirdi.

Marosimda O‘zbekiston vakili – Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham ishtirok etmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Birinchi Jahon urushi 1914-yilning 28-iyulidan 1918-yilning 11-noyabriga qadar davom etgan. Ushbu urushda Rossiya, Fransiya va Britaniya bir taraf – Germaniya, Avstriya va Usmoniylar imperiyasi hamda Bolgariya boshqa tarafda jang qilishgan edi. Birinchi jahon urushida insoniyat ilk bor kimoviy qurol va tanklardan foydalangan.

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Parijda Birinchi Jahon urushi yakunining 100-yilligi nishonlanmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Yangiliklar lentasi
0